Albatta, buning uchun 1 avgustdan keyin Siz mikrohududdan tashqari hududlar bo‘yicha tanlagan maktabingizga farzandingizni joylashtirish uchun ariza bilan (elektron qabul amalga oshirilayotgan hududlarda elektron tizim orqali) murojaat etishingiz mumkin.
Bunda, tanlagan maktabingizda o‘quvchi o‘rni, malakali pedagoglar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarning o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, qabul jarayoni amalga oshiriladi.
O‘quvchi o‘rniga nisbatan ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarda mikrohududdan tashqari qabul amalga oshirilmasligi mumkin.
Bunday holatlarda hududiy boshqaruv idoralari Sizga yaqin hududdagi boshqa maktablarni tavsiya etadi.